Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II AQSh fuqarosining undan Qo‘shma Shtatlarni yana Britaniya mustamlakasiga aylantirishni iltimos qilib yozgan maktubiga muloyimlik bilan rad javobini berdi. Bu haqda The Independent xabar beradi.
“Biz sizning fikringizni hisobga olishimiz bilan bir qatorda, ishonchimiz komilki, qirolichaning boshqa suveren davlatning ishlariga aralashishi haqida so‘z ham borishi mumkin emasligini yaxshi tushunasiz”, — deyiladi monarx yozishmalarini muvofiqlashtiruvchi o‘rinbosarning rasmiy javobida.
Yelizaveta II va Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron nomiga maktub Reddit foydalanuvchisi tomonidan 16-sentabr kuni yuborilgan edi. Maktubda erkak qirolichadan “butun Amerika xalqi nomidan AQShni qaytarib olishni” so‘ragan. U bunga Respublikachilar partiyasining debatini sabab qilib ko‘rsatgan.
Izoh (0)