Kembrij gersoginyasi Keyt Middlton turmush o‘rtog‘i shahzoda Uilyam bilan shu kunlarda Londonda bo‘lib o‘tgan regbi matchiga tashrif buyurdi. Bu haqda “Segodnya.ua” xabar beradi.
“Tvikenxem” stadionidagi o‘yin tomoshasida ularga Keytning ota-onasi Kerol va Maykl hamrohlik qildi. Gersoginyaning onasi o‘yin tomoshasi davomida ularni xijolatga qo‘yishga ham ulgurdi.
Stadionga spirtli ichimliklar kiritish taqiqlanganligiga qaramasdan, paparatssi Kerol Middltonning u yerda ichib o‘tirganligini payqadi.
Bu haqdagi xabar Yelizaveta II gacha yetib bordi. Qirolicha bundan g‘azablanib, Kerolga nabiralari bilan muomalada bo‘lishni taqiqlab qo‘ydi.
Izoh (0)