Italiya sudi 1716-yilda Italiyaning Brentoniko qishlog‘ida jodugarlik uchun boshi tanasidan judo etilgan Mariya Bertoletti Toldinining ishini qaytadan ko‘rib chiqadi. Bu haqda “Yevropeyskaya pravda” xabar beradi.
Mahalliy tarixchilarning ma’lumotlariga qaraganda, 60 yoshli Mariya Bertoletti Toldini noyob ayol bo‘lgan. U farzandi yo‘q, beva ayol bo‘lgan.
Hujjatlarga ko‘ra, u bir qator jinoyatlar, jumladan, bolalarni o‘ldirish, mahalliy tokzorlarga zarar yetkazish, bid’at va kufr tarqatishda aybdor deb topilgan. U, hattoki, besh yoshli bolani pishloq qaynab turgan doshqozonga tashlab yuborganlikda ayblangan.
Toldini omma oldida boshi tanasidan judo qilinib, yoqib yuborilgan. Madaniyat vaziri Kvinto Kanali bu hodisani asossiz ravishda sodir etilgan qotillik deb hisoblamoqda.
Izoh (0)