Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani Ahmadzay AQSh harbiy kontingentining mamlakat hududida joylashib turish muddatini uzaytirilganligini olqishladi. Bu haqda Express Tribune nashri ma’lumotiga tayangan holda “TASS” xabar bermoqda.
“AQSh ma’muriyati tomonidan qabul qilingan harbiy kontingentni Afg‘oniston hududida joylashib turish muddatini uzaytirish haqidagi qaror terrorizm tahlikasiga sifatli darajada qarshilik ko‘rsatishda yordam beradi va Afg‘oniston yurtida tinchlikka olib boruvchi yo‘l eshiklarini ochib beradi”, — deyiladi Afg‘oniston prezidenti ma‘muriyati bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, AQSh prezidenti Barak Obama tomonidan oldingi bergan va’dalariga zid ravishda imzolangan farmonga muvofiq, joriy yilning oxirigacha Afgoniston hududida 10 mingga yaqin amerikalik askar qolishi haqda ma’lum qilingan edi.
Izoh (0)