Rossiyaning Suriyada uyushtirgan aviahujumlari davomida “Ahror ash Shom” terrorchilik guruhining rahbarlaridan biri, chechenistonlik Abu Bakr ash-Shishani yo‘q qilindi. Bu haqda “RBK” Suriyadagi harbiy manbaga tayanib xabar beradi.
Ta’kidlanishicha, ash-Shishani bilan birga bir guruh jangarilar ham o‘ldirilgan.
“Ash-Shishani” so‘zi aslida “chechenistonlik” degan ma’noni anglatib, Kavkazdan Suriyaga kurashish uchun kelgan jangarilar tomonidan qo‘llaniladi.
Eslatib o‘tamiz, Suriya armiyasi mamlakat g‘arbidagi Xoms provinsiyasida olib borilayotgan operatsiya doirasida “Ahror ash Shom” terrorchilik guruhida qo‘mondonlik lavozimlarini egallagan yetti jangarini yo‘q qilgan edi.
Izoh (0)