Britaniyaning The Mirror nashri o‘zbekistonlik yosh yigitning o‘zining sevgilisiga minglab atirguldan tuzilgan guldasta sovg‘a qilgani haqida yozdi. Bu haqda “Uz24” xabar bermoqda.
Nashr bu haqda 16-oktabr, juma kuni xabar berib, unga butun bir sahifani bag‘ishlagan. “Toshkentlik shaxsi noma’lum bo‘lgan ‘Romeo’ o‘zining sevgilisiga minglab atirgullardan iborat bo‘lgan katta guldastani taqdim etdi. Gullarni manzil bo‘yicha yetkazib berish uchun evakuator yordamidan foydalanishga to‘g‘ri kelib, guldastani to‘rt kishi suyab bordi. Afsuski, gullar kirish eshigiga sig‘maganligi sababli uni uyga olib kirishning imkoni bo‘lmadi. Shuning uchun guldasta qiz yashaydigan uyning derazasi qarshisiga qo‘yildi”, deyiladi maqolada.
Maqola so‘ngida, The Mirror nashri o‘z muxlislariga minglab atirgullarni xarid qilish romantik hisoblanadimi yoki ortiqcha xarajatmi mazmunida so‘rov o‘tkazgan. So‘rovda qatnashganlarning 69 foizi bu ishni telbalarcha qiliq, deb hisoblagan bo‘lsa, 31 foizi xuddi ertaklardagidek, deya javob bergan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq toshkentlik yigit sevgan qiziga dunyodagi eng katta guldastani yuborganligi haqda xabar berilgan edi.
Izoh (0)