Walmart savdo tarmog‘ining kapitalizatsiyasi 20 milliard dollarga arzonlashdi, deb xabar beradi “Exo Moskvi” Wall Street Journal ma’lumotiga tayanib.
2017-yilda kompaniya daromadining pasayib ketishi ma’lum bo‘lgandan so‘ng, uning aksiyalari narxi arzonlashdi. Bloomberg agentligining ta’kidlashicha, bu oxirgi 15 yil ichida aksiyalarning eng yirik qulashi bo‘ldi.
2015-yil yozida Walmart kapitalizatsiyasi 234 milliard dollarga baholangan edi.
Izoh (0)