Tirik bo‘lishiga qaramasdan, o‘likxonaga yuborilgan Hindistonning Mumbay shahrida yashovchi 45 yoshli erkak shifoxonada hushiga kelmasdan vafot etdi. Bu haqda “Vesti” xabar beradi.
Prakash ismli erkak o‘limining sababi ma’lum qilinmadi. Hozirda politsiya shifokor e’tiborsizligi bilan bog‘liq ushbu shafqatsiz holat yuzasidan surishtiruv ishlarini olib bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, Mumbay shahri avtobus bekatlarining birida bir erkak hushsiz holda topilgan. Tibbiyot xodimlari uni gospitalga olib borgach, navbatchi shifokor Rohan Roxekar tomir urishini tekshirmay, jabrlanuvchini vafot etgan, deya qayd etgan va jasadni darhol o‘likxonaga eltishni buyurgan. Oradan biroz vaqt o‘tib, murdani yormoqchi bo‘lgan tibbiyot xodimlari bemor nafas olayotganini payqagan, “o‘lik” ham to‘satdan ko‘zini ochgan.
Izoh (0)