Microsoft asoschisi Bill Geyts boshqaruvi ostidagi Cascade Investment jamg‘armasi Ukrainaning Kernel Grupp agroxoldingining besh foiz aksiyasini sotib oldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar beradi.
Kernel Grupp mamlakatning pista yog‘i ishlab chiqaruvchi eng yirik kompaniyasi hisoblanadi. Shunday qilib, Cascade Kernel kompaniyasining 3 984 345 aksiyasiga ega bo‘ldi. Bu esa kompaniya ustav fondining besh foizini tashkil etadi.
Kernel Ukraina qishloq xo‘jaligi sohasida 1994-yildan buyon faoliyat yuritadi. U pista yog‘ini ishlab chiqaradi. Mamlakatdagi “Shchedriy Dar”, “Stojar” va “Chumak Zolotaya” savdo markalari unga tegishlidir.
Izoh (0)