14-oktabr, chorshanbaga o‘tar kechasi bir yoshli ayiq Rossiyaning Xabarovsk shahridagi savdo markazining eshigini boshi bilan buzib kirdi, deb xabar beradi “Interfaks”.
Ayiq Amurni suzib o‘tib, “Yerofey-Arena” sport kompleksigacha yugurib kelgan. Keyin “Podsolnux” savdo markazining foyesiga bostirib kirib, qo‘riqchilarni dahshatga soldi. Shundan so‘ng politsiya chaqirildi.
Ayiqni quvish 1,5 soat davom etdi. Uni quvishda to‘qqizta yo‘l-patrul xizmati ekipaji qatnashdi. Ayiq bolalar bog‘chasi hududiga quvib kirilgach, alohida topshiriqli mobil otryad xodimlari tomonidan o‘qqa tutildi.
Hodisadan hech kim jabrlanmadi.
Izoh (0)