14-oktabrdan boshlab Rossiyaning Birinchi kanali badiiy gimnastikaga bag‘ishlangan ko‘rsatuvni suratga ola boshlaydi. Shouning boshlovchisi 2004-yilgi olimpiada chempioni, ikki karra mutloq jahon chempioni Alina Kabayeva bo‘lishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Butunrossiya badiiy gimnastika federatsiyasi prezidenti, Rossiya termasi bosh murabbiyi Irina Viner-Usmonova ma’lumotiga tayanib “R-Sport” xabar berdi.
“Sug‘urtasiz” deb nomlanuvchi shou Birinchi kanalda namoyish etilgan “Muzlik davri” loyihasini eslatadi. “Shouda badiiy gimnastika bo‘yicha mashqlar bajariladi. Men esa jyurilar safida o‘tiraman. Juda qiziqarli loyiha bo‘ladi”, — deb ta’kidladi Viner-Usmonova.
Uning so‘zlariga qaraganda, Kabayevaning shouda boshlovchi sifatida qatnashishi haqida rejalar mavjud, biroq biror kelishuv tuzilganligi haqida hozircha ma’lumot yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda kamida o‘n kilogrammga ozib qolgan Alina Kabayeva suratlari paydo bo‘lgan edi.
Izoh (0)