Anqara politsiyasi rahbariyatining uch nafar yuqori mansabdori 10-oktabr kuni Turkiya poytaxtida yuz bergan ikki karra teraktdan so‘ng iste’foga chiqarildi. Bu haqda Meduza Turkiya Ichki ishlar vazirligi ma’lumotiga tayanib xabar beradi.
Anqara politsiyasi rahbari, shuningdek, razvedka va jamoat xavfsizligi boshqarmalari rahbarlari lavozimidan ozod etildi.
Anqara politsiyasi yuqori mansabdor xodimlarining xavfsizlikni ta’minlashda xatoga yo‘l qo‘yganligi ularning ishdan bo‘shatilishiga sabab bo‘ldi, deyiladi Turkiya IIV xabarida.
Eslatib o‘tamiz, Turkiya bosh vaziri Ahmet Davuto‘g‘lining fikriga ko‘ra, terakt IShID jangarilari tomonidan uyushtirilgan bo‘lishi mumkin.
Izoh (0)