Chexiya Respublikasining uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘limi 13-oktabr, seshanba tongida korrupsiyada gumon qilingan mamlakat Ichki ishlar vazirligi sobiq rahbari Ivan Langerni hibsga oldi. Bu haqda Nonvinky nashri ma’lumotiga asoslanib, “Yevropeyskaya Pravda” xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, 13-dekabr kuni ertalab politsiya sobiq vazirning Olomus hududida joylashgan xonadoniga bostirib kirgan. Bundan tashqari, xabar qilinishicha, Langerning eski tadbirkorlik faoliyati bo‘yicha sherigi Kissel ham hibsga olingan.
Shu bilan bir vaqtda, qo‘lga olinganlar ichida siyosatchilarning bor yoki yo‘qligi to‘g‘risida politsiyada aytishmayapti.
Ta’kidlanishicha, sobiq vazirga nisbatan bo‘lgan jinoyat ishi Janubiy Bohemiyada joylashgan quyosh energiyasini qayta ishlash elektrostansiyasida pul mablag‘larini o‘zlashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan holatlarni tergov qilish maqsadida qo‘zg‘atilgan.
Izoh (0)