Myanma janubi-sharqidagi Kaya shtatida yuzaga kelgan ko‘chkilar natijasida kamida 17 kishi halok bo‘ldi, olti kishi bedarak yo‘qoldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar beradi.
Hodisa 11-oktabr, yakshanba kuni yuz berdi. Kuchli yog‘ingarchiliklar ko‘chkining yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi. 60 ga yaqin uy yer ostida qoldi.
Voqea joyida qutqaruvchilar jamoasi ishlamoqda. Tabiiy ofat oqibatida jabrlangan 360 dan ortiq aholi vaqtinchalik boshpanalarga ko‘chirildi.
Izoh (0)