Toshkentlik yigit sevgan qiziga dunyodagi eng katta guldastani yubordi, deb xabar beradi “12news.uz”.
Facebook’ning “Voditeli Tashkenta” guruhiga joylangan ushbu guldastaning surati ostiga 300 ga yaqin izoh qoldirilgan.
Muhokamada qatnashgan ayollarning aksariyati erkakning bu ishini qo‘llab-quvvatladi. Ular guldastaga sarflangan pulga emas, yigitning mardonavor ishiga baho berishga chaqirdi.
“Guldastada kamida 1000 ta atirgul bor. Bitta atirgulning narxi o‘rtacha besh ming so‘mdan hisoblanganda, guldasta uchun besh million so‘m sarflangan. Evakuator uchun ham 50—100 ming so‘m ketgan. Endi o‘ylab ko‘ring-chi, bu pullarga nimalar xarid qilish mumkin edi…”, — deb yozadi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan biri.
Izoh (0)