Belarus prezidentligiga saylovlarda 86,7 foiz aholi ishtirok etdi. Bu haqda “TASS” respublika markaziy saylov komissiyasi dastlabki ma’lumotlariga tayanib xabar beradi.
Markaziy saylov komissiyasining ma’lumotlariga qaraganda, Vitebsk viloyatida eng ko‘p – 91 foiz saylovchi ovoz berish uchun saylov uchastkasiga kelgan.
Brest viloyatida 88,5 foiz, Grodno viloyatida 88,48 foiz, Gomel viloyatida 90,4 foiz, Mogilyovda 90,9 foiz va Minsk viloyatida 89,6 foiz saylovchilar saylov uchastkalariga ovoz berish uchun keldi.
Eslatib o‘tamiz, Belarusning amaldagi prezidenti Aleksandr Lukashenko davlat rahbarligiga saylovlarda 83,49 foiz ovoz bilan g‘olib bo‘ldi.
Izoh (0)