The Times jurnalistlari Coca-Cola kompaniyasi turli diyetolog va sog‘liqni saqlash bo‘yicha mutaxassislar firma ishlab chiqaradigan ichimlikni zararsiz deb e’tirof etishi uchun 7 million dollardan ziyod mablag‘ sarflaganidan xabar topdi, deb yozadi “Vesti”.
Tadqiqotchilar ko‘pchilik holatlarda shirin ichimliklarni iste’mol qilish va semirish o‘rtasida hech qanday aloqa yo‘qligini aniqlagan. Jurnalistlar esa bunday tadqiqotlar qalbakilashtirilganiga ishonch bildirmoqda.
Coca-Cola’ning Britaniyadagi bo‘linmasi bu ayblovlarni rad etib, o‘z mahsuloti haqidagi xulosalar mustaqil ekspertlar tomonidan chiqarilganini ta’kidlamoqda.
Nashr dalil sifatida Coca-Cola bilan hamkorlik qilmagan olimlar ma’lumotlarini keltirib o‘tdi. Unga ko‘ra, tarkibida ko‘p miqdorda qand bo‘lgan alkogolsiz ichimliklar va sharbatlar semizlikning asosiy sababchilaridan biridir. 11—18 yoshli o‘smirlar iste’mol qiladigan jami qandning 30 foizi aynan alkogolsiz ichimliklar hissasiga to‘g‘ri keladi.