Suriya shimolida Eron harbiy maslahatchisi halok bo‘ldi, deb xabar beradi “Interfaks”.

Foto: “TVC”

Foto: “TVC”

Eron televideniyesining ma’lumotiga qaraganda, so‘z general Husayn Hamedoniy haqida bormoqda. U Eronning Islom inqilobi soqchilar korpusida xizmat qilgan. Harbiy maslahatchi Aleppo shahri yaqinida halok bo‘lgan.

Amerika ABC telekanalining ta’kidlashicha, Hamedoniy tajribali harbiy rahbar bo‘lgan. Jumladan u 80-yillarda Iroq bilan urushda Eron armiyasi operatsiyalari boshqaruvida faol ishtirok etgan.