Xitoyning Xenan viloyatidagi Yuntay geologiya bog‘ida, 1080 metr balandlikda joylashgan yangi shisha ko‘prikning bir qismi darz ketdi, deb xabar beradi “Tjournal”.
Darz ketishlar 5-oktabrda paydo bo‘ldi va sayyohlarni qattiq qo‘rqitib yubordi.
Bog‘ga tashrif buyurgan Li Dong Xay hodisa guvohi bo‘ldi. U g‘alati tovushni eshitganligi va shisha darz ketganligini payqagunga qadar oyog‘ining qaltirab ketganini sezganligini Weibo ijtimoiy tarmog‘ida so‘zlab berdi.
Bog‘ matbuot kotibining so‘zlariga qaraganda, sayyohlardan biri zanglamaydigan po‘latdan yasalgan termosini tushirib yuborgandan so‘ng, ko‘prik darz ketgan. Bog‘ ma’muriyatining ta’kidlashicha, ko‘prikning uch qavatli shisha qatlamining faqat bittasi darz ketgan va sayyohlar xavf ostida bo‘lmagan.
Eslatib o‘tamiz, Xitoydagi Shinyuchjay Milliy bog‘ida dunyodagi eng uzun shisha osma ko‘prik qurilgan edi.
Izoh (0)