Saudiya shahzodasi Al Volid bin Talal bin Abdulaziz al Saud va uning Kingdom Holding investitsiya kompaniyasi o‘zining Twitter’dagi aksiyalari paketini besh foizdan ko‘proqqa oshirdi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar beradi.
AP agentligining ma’lumotlariga qaraganda, bir yarim oy ichida shahzoda va uning kompaniyasi ulushi ikki barobarga ko‘paygan.
Yaqinda qo‘lga kiritilgan aksiyalar bilan birga shahzoda Al Volid bin Talal bin Abdulaziz al Saud Twitter’ning 30,1 million, Kingdom Holding kompaniyasi esa 4,85 million aksiyasi sohibiga aylandi.
Eslatib o‘tamiz, shahzoda 32 milliard dollarga baholangan bor boyligini xayriya qilgan edi.
Izoh (0)