Gvatemalada 7-oktabr, chorshanba kuni mamlakatning g‘arbida joylashgan Fuego vulqoni otila boshladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Gvatemala seysmologiya, vulkanologiya, meteorologiya va gidrologiya milliy institutining ma’lum qilishicha, vulqondan otilgan kul dengiz sathidan 4,8 kilometr balandlikkacha ko‘tarilgan. Vulqon og‘zidan janubiy qismiga qarab 1, shimoli-g‘arbiy qismiga qarab esa 0,7 kilometr masofagacha lava oqib borgan.
Hukumatning ma’lum qilishicha, vulqon yonida joylashgan aholi yashash punktlaridan odamlarni ko‘chirishga hojat yo‘q. Biroq shunga qaramay mamlakat tabiiy ofatlarning oldini olish xatti-harakatlarini muvofiqlash xizmati hududda xavfning “sariq” darajasini e’lon qildi. Gvatemala fuqarolik aviatsiyasiga xavfsizlik choralarini ko‘rish va parvoz vaqtida vaziyatni hisobga olish tavsiya etildi.
Izoh (0)