XXR to‘fonlarni aniqlash va o‘rganish maqsadida o‘zi ishlab chiqargan birinchi raketani uchirdi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Raketa Xaynan orolidan uchirilganligi ma’lum qilindi. Raketaga o‘rnatilgan bir nechta radiozondlar u uchirilgandan olti daqiqa o‘tgach, “Muchjige” to‘fonining markaziga yetib bordi.
Qurilmani uchirishga tayyorgarlik uchun uch yil sarflandi. Manbalarda ma’lum qilinishicha, olingan ma’lumotlar juda aniq bo‘lib, olimlarning fikricha, bunday qurilmaning uchirilishi to‘fonlarni aniqlab, uning yuzaga kelishini oldindan bashorat qilish imkonini beradi.
Eslatib o‘tamiz, “Muchjige” to‘foni 4-oktabr, yakshanba kuni kunduzi Guandun provinsiyasiga yetib kelgan, kechqurun esa Guansi-Chjuan muxtor tumanigacha borgan edi.
Izoh (0)