2015-yilning 6-oktabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Tojikiston rahbari Emomali Rahmon bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda “Review.uz” Kreml matbuot xizmatiga tayanib xabar beradi.
Taraflar ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari, Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti javobgar hududdagi xavfsizlik masalalarini muhokama qildi.
Bundan tashqari, muzokaralar chog‘ida Vladimir Putin Rossiya Markaziy Osiyodagi vaziyatdan xavotirda ekanligini ta’kidlab o‘tdi.
Putin, shuningdek, Emomali Rahmonni o‘tgan tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi.
Izoh (0)