AQShning IShIDga qarshi kurashish borasidagi harakatlarni muvofiqlashtirish haqidagi taklifi qabul qilinishi mumkin, deb xabar beradi Meduza Rossiya Mudofaa vazirligi rasmiy vakili Igor Konashenkov ma’lumotiga tayanib.
“Faqat buning uchun bugun, 7-oktabr kuni Rossiya harbiy boshqarmasi va Pentagon vakillari o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan ekspert darajasidagi muhokamada alohida texnik jihatlarni aniqlashtirib olish talab etiladi”,— dedi Mudofaa vazirligi vakili.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya TIV Suriyada hech qachon quruqlikdagi operatsiyalar o‘tkazilmasligini ta’kidlab o‘tdi.
Izoh (0)