Britaniyaning WellChild xayriya tashkiloti mukofotining jajji sohiblari shahzoda Garri bilan Londondagi uchrashuvda qirollik oilasi a’zosini masxaraboz deb o‘yladi. Bu haqda The Daily Mail xabar beradi.
“Siz masxarabozmisiz? Menga shardan hayvoncha yasab bera olasizmi?”, — dedi tadbir ishtirokchilaridan biri to‘qqiz yoshli Nelli-Mey Evans. Qizchaning bu savoli shahzoda Garrining miriqib kulishiga sabab bo‘ldi.
“Men va’da berolmayman, lekin urinib ko‘raman”, — deb javob berdi shahzoda.
Ta’kidlash joizki, tashkilot ushbu uchrashuvni og‘ir xastalikka chalingan bolalar uchun o‘tkazdi.
Izoh (0)