“Real” yarim himoyachisi Garet Beyl Uelsda beshinchi marotaba yil o‘yinchisi deb e’tirof etildi, deb xabar beradi “Sports.ru”.
Uels futbol assotsiatsiyasi tomonidan 25-marotaba tashkil qilinayotgan taqdirlash marosimida Beyl sovrinni qabul qilib oldi.
Bundan tashqari, 26 yoshli vinger yana 2 ta sovrin yutib oldi. U muxlislar va futbolchilar versiyasiga ko‘ra, Uelsda yil futbolchisiga aylandi.
Ayni damda Garet Beyl Yevro-2016 saralash bahslarida terma jamoasi tarkibida 6 ta golga mualliflik qilib turibdi.
Izoh (0)