American Airlines aviakompaniyasiga qarashli samolyotning uchuvchilaridan biri parvoz davomida vafot etdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar beradi.
Ta’kidlanishicha, avval hamshira bo‘lib ishlagan styuardessaning unga tibbiy yordam ko‘rsatishga uringanligiga qaramasdan, uchuvchi shturvalni boshqarayotib vafot etgan.
Samolyot Bostondan Feniksga parvoz qilayotgan edi. Uchuvchi parvoz oldidan shamollab qolganligini ma’lum qilgan.
Ikkinchi uchuvchi samolyotni xavfsiz qo‘ndirishga muvaffaq bo‘lgan.
Izoh (0)