O‘zbekiston musulmonlar idorasining 4 kishilik delegatsiyasi 5-oktabr, dushanba kuni Rossiyaning Yekaterinburg shahridagi Grin-Park mehmonxonasida bo‘lib o‘tgan “Islom ISHIDga qarshi” nomli ilmiy anjumanda ishtirok etdi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Anjumanda O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari Ibrohim Inomov, Jasur Raupov, Odilxon Ismoilov, Baxrom Otajonov va Yekaterinburg muftiysi hazrat Abdul-Kudus Asharin va o‘rinbosari Anvar Dautov katnashdi va unda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Aydarbek Tulepovning ‘IShID fitnasi’ (‘Smuta IGILA’) kitobi qizg‘in muhokama qilindi”, — deyiladi idora xabarida.
Yekaterinburg muftiysi O‘zbekiston rahbariyati va Muftiyotiga alohida minnatdorlik bildirgan.
Izoh (0)