“Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturi doirasida O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat Fondi O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari Milliy Assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda “Keksalar va nogironlarni ijtimoiy, ma’naviy hamda moddiy qo‘llab-quvvatlovchi nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini yoritgan eng yaxshi tahririyat va jurnalist” tanlovini e’lon qildi. Bu haqda O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat Fondi ma’lum qildi.
Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi lozim:
- O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat Fondi nomiga tanlovda qatnashish uchun erkin xat;
- tahririyatlar uchun – gazeta yoki jurnallarda 2015-yil davomida e’lon qilingan NNT faoliyati yoritilgan ijodiy ishlar ro‘yxati (shu jumladan, elektron shaklda);
- jurnalistlar uchun – gazeta yoki jurnallarda 2015-yil davomida e’lon qilingan NNT faoliyati yoritilgan ijodiy ishlar ro‘yxati va matni yoki nusxasi (shu jumladan, elektron shaklda).
Tanlovda O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan bosma OAV, jurnalistlar, NNT vakillari hamda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etishi mumkin.
Tanlov O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat Fondining quyidagi manzilida qabul qilinadi: Toshkent shahri, 100049, Amir Temur shoh ko‘chasi, 14-uy. (Yoki uznntfond@umail.uz, uz.nntma@umail.uz upzero1992@yandex.ru elektron pochtasiga).
Tanlovda ishtirok etish uchun qo‘shimcha ma’lumotlarni www.ngo.uz sayti yoki +99871 233-52-41/233-35-26/233-24-92 telefon raqamlari orqali olish mumkin.
Izoh (0)