AQShning Janubiy va Shimoliy Karolina shtatlarida kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida suv hajmi rekord darajada ko‘tarildi va 7 nafar kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Reuters ma’lumotlariga asoslanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Janubiy Karolina gubernatori Nikki Xeyli ushbu tabiiy ofatni “mingyillik jalasi” deb atagan, sinoptiklar esa Kongari daryosinining suvi 1936-yildan beri eng yuqori darajaga ko‘tarilganini aytmoqda.
Xeyli fuqarolarni uylarini tark etmaslikka, qutqaruvchilarni esa yanada diqqatliroq bo‘lishga chaqirdi.
Eslatib o‘tamiz, ilgariroq AQSh prezidenti Janubiy Karolinadagi kuchli toshqin sabab shtatda faqvulodda holat joriy etgan edi.
Izoh (0)