Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Vladimir Putin AQSh prezidenti Barak Obama bilan konstruktiv munosabatlar olib borayotganligini ma’lum qildi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar beradi.
“Ularning munosabatlari ish yuzasidan va juda konstruktivdir. Bu esa keskin savollarni ham ochiqdan-ochiq qo‘yish va biror mavzu bo‘yicha yuzaga kelgan tushunmovchiliklarni yashirmaslikka imkon beradi”, — dedi Peskov.
Prezidentlar bir-biriga qanday murojaat qiladi degan savolga “Ular bir-biriga Vladimir va Barak deb murojaat qiladi”, — deb javob berdi matbuot kotibi.
Izoh (0)