Germaniya kansleri Angela Merkel garderobida nechta pidjagi borligini bilmasligini tan oldi, deb xabar beradi “Interfaks”.
“Hozir ularning qancha ekanligini bilmayman”, — dedi Merkel Deutsche Zeitung nashriga.
U, shuningdek, borishi kerak bo‘lgan tadbirlarning turiga qarab kiyim tanlashini ma’lum qildi. “Ba’zan to‘q ranglardagi pidjaklar kiyishimga to‘g‘ri keladi. Oq fonda bo‘lishim haqida ogohlantirishsa, yorqin rangdagi pidjak kiya olmayman. Ba’zan esa men shunchaki yorqin rangdagi nimadir kiyaman”, — deb ta’kidladi Merkel.
Gollandiyalik dizayner Nortye van Ekelen siyosatchida turli rangdagi 90 ta pidjakni hisoblab chiqqan edi.
Izoh (0)