BMT Bosh Assambleyasi sessiyasida Albaniya hukumati Vazirlar kengashi raisi Edi Rama Serbiya va boshqa bir qator davlatlar Kosovoning mustaqilligini tan olishi lozimligi haqida chiqish qildi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
“Kosovoni tan olmaydigan barcha davlatlar uning mustaqilligini tan olishi kerak. Bu ularning hududdagi barqarorlik, tinchlik va hamkorlikning mustahkamlanishiga bevosita hissasi bo‘ladi”, — dedi bosh vazir.
“Yuz yillik qarama-qarshilikdan so‘ng Serbiya va Kosovo o‘rtasidagi muzokaralar ikki mamlakatga bir qator muammolar yechimini topish imkonini berdi”, — deb qo‘shimcha qildi u.
Izoh (0)