FIFA prezidenti Yozef Blatter 2018—2022-yillarda Rossiya va Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati o‘yinlariga chiptalar sotish huquqini taqsimlashda xizmat vazifasini suiiste’mol qilishda gumon qilinmoqda. Bu haqda “Exo Moskvi” xabar beradi.
Fransiya OAVning ma’lum qilishicha, chiptalar sotish huquqini taqsimlashda Blatter jiyani Filipp Blatter aksiyadori hisoblangan kompaniyaga yon bosgan. Bu kabi holatlarda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tender o‘tkazilmagan.
Eslatib o‘tamiz, 25-sentabr kuni Shveysariya prokuraturasi FIFA rahbariga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atgan edi.
Izoh (0)