Rossiyaning Irkutsk viloyatida yashovchi ayol hovlisiga chiqqanida, iti uni ayiq hamlasidan saqlab qoldi. Bu haqda hudud IIV matbuot kotibi vakili German Struglin ma’lumotiga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Uning so‘zlariga qaraganda, voqea hududning Nijneilimsk tumanidagi Xrebtovaya qishlog‘ida sodir bo‘lgan.
“Ayol hovlisiga chiqqan va unga shu payt ayiq hamla qilgan. Xo‘jayinining qichqirig‘idan sergaklangan it qattiq hurib, ayiqni quvib yuborgan. Bu vaqt oralig‘ida ayol uyiga kirib, politsiya chaqirishga muvaffaq bo‘lgan”, — dedi Struglin.
Politsiya va ovchilar guruhi o‘rmonga yo‘l olgan. Chunki odamga hamla qilgan yirtqich hayot uchun o‘ta xavfli hisoblanadi. Ular ayiqni topgan va zararsizlantirgan.
Izoh (0)