2015-yilning 2-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida AQShning favqulodda va muxtor elchisi Pamela Leora Spratlen bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi sayti xabar berdi.
O‘zbekiston delegatsiyasining BMT Bosh Assambleyasining 70-sessiyasidagi ishtiroki chog‘ida Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-AQSh uchrashuvlari nuqtai nazaridan ikki tomonlama munosabatlarning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Tomonlar xalqaro va mintaqa kun tartibining ba’zi masalalari bo‘yicha ham fikr almashdi.
Izoh (0)