Afg‘onistonda AQSh Harbiy-havo kuchlariga qarashli harbiy-transport samolyotining halokatga uchrashi oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 14 kishiga yetdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, samolyotda 11 kishi – AQSh qurolli kuchlari tarkibiga kiruvchi olti nafar ekipaj a’zosi va besh nafar fuqaro bo‘lgan. Yo‘lovchilarning fuqaroligi ma’lum qilinmadi.
Shuningdek, halokat yuz berganda yerda bo‘lgan uch nafar Afg‘oniston fuqarosi qurbon bo‘lgan. AQShning C-130 Hercules harbiy-transport samolyoti halokati Afg‘oniston sharqida yuz berdi.
Izoh (0)