AQShning Jorjiya shtatida ilk bor ayol kishinining qatli amalga oshirildi. Bu haqda Reuters ma’lumotiga tayanib, “RBK” xabar bermoqda.
Jekson shahrida 47 yoshli Kelli Rene Gissendeynerning tomiriga zaharli inyeksiya yuborildi. 1997-yilda o‘z erining joniga qasd qilgani uchun unga o‘lim jazosi tayinlangandi.
Reuters’ning qayd etishicha, Rim papasi Fransisk AQShga tashrifi chog‘ida, amaldorlarga ayolga tayinlangan o‘lim jazosini bekor qilishlarini so‘ragan edi.
Izoh (0)