“Katta yettilik” va Fors ko‘rfazi mamlakatlari BMTning qochoqlarga yordam berishi uchun 1,8 milliard dollar mablag‘ ajratadi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Bu yangilikni Germaniya tashqi ishlar vaziri Frank-Valter Shtaynmayer G7 dagi hamkasblari bilan uchrashuvdan so‘ng ma’lum qilgan.
“Biz BMTga qochoqlarga yordam berish va oziq-ovqat dasturi doirasida 1,8 milliard dollar ajratadigan bo‘ldik”, — dedi Shtaynmayer.
Vazirning so‘zlariga qaraganda bu tashabbusga 12—15 mamlakat qo‘shilgan. Germaniyaning o‘zi qochoqlarga yordam tariqasida 100 million yevro ajratadigan bo‘ldi.
Izoh (0)