Yevropa Kengashi Parlament Assambleyasidagi Yevropa xalq partiyasi fraksiyasi 2016-yilning yanvarida saylanadigan Assambleyaning yangi raisi lavozimiga nomzod taklif etdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar beradi.
Nomzod sifatida fraksiya rahbari ispaniyalik Pedro Agramunt ko‘rsatildi.
Yevropa Kengashi Parlament Assambleyasi qoidalariga ko‘ra, hozirgi paytda Yevropa xalq partiyasi fraksiyasining navbatidir. Nomzodlik uchun bo‘lib o‘tgan ovoz berish jarayonida Agramunt eng ko‘p ovoz to‘plagan.
Izoh (0)