Tayvan orolida 28-sentabr, dushanba kuni kechqurun yuzaga kelgan “Dutszyuan” to‘foni oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, 320 dan ortiq odam yaralandi. Yuz minglab odam elektr va suvsiz qoldi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
“Hozirgi holatdagi ma’lumotlarga ko‘ra, ikki kishi halok bo‘lgan, 324 nafari yaralangan, bundan tashqari tog‘larda bo‘lgan olti nafar sayyoh bedarak yo‘qolgan deb qayd etilmoqda”, — deyiladi mahalliy hukumat xabarida.
To‘fon transport harakatini izdan chiqardi, o‘nlab aviareyslar ushlanib qoldi va bekor qilindi. Oroldagi maktablar, idoralar va fond birjasi yopildi, 540 mingdan ortiq oila elektrsiz qolmoqda.
Sinxua agentligining ma’lum qilishicha, shamolning tezligi bir soniyada 33 metrga yetmoqda. To‘fon soatiga 20 kilometr tezlik bilan shimoli-g‘arbga tomon harakatlanmoqda.
Izoh (0)