Rossiyaning eng yangi suvosti kemasi “Novorossiysk” Qora dengizga kirdi, deb xabar beradi “Segodnya.ua”.
RF Mudofaa xizmatining ma’lum qilishicha, suvosti kemasi Novorossiyskdagi doimiy joylashuv punktidan chiqib, Sevastopolga yetib kelgan. Shimoliy flotdan Qora dengiz flotiga o‘tgandan so‘ng, suvosti kemasi ko‘rikdan o‘tkazilib, uning agregatlariga kafolat va reglament xizmati ko‘rsatiladi.
Manbalarda ma’lum qilinishicha, suvosti kemasi 18 ta torpedo yoki 24 ta mina tashiy oladi.
Izoh (0)