Dushanbe meri Mahmadsaid Ubaydulloyev 28-sentabr, dushanba kuni markaziy tumanlar rahbarlari, shahar huquqni muhofaza qilish organi boshliqlari va tegishli xizmat vakillari ishtirokida ishchi yig‘ilishini o‘tkazdi. Bu haqda “Aziya-Plyus” xabar beradi.
Yig‘ilishda shahar bosh rejasini amalga oshirish, shahar infratuzilmasidan maqsadli foydalanish kabi masalalar ko‘rib chiqildi. Unda, shuningdek, shahardagi kommunal texnikani qishga tayyorlash, poytaxtda yangi ish o‘rinlarini yaratish va shahar obyektlarining yong‘inga qarshi holatini tekshirish masalalari muhokama qilindi.
Mer mamlakatda 24-noyabr kuni nishonlanadigan Tojikiston Milliy bayrog‘i kuni munosabati bilan davlat bayrog‘i haqidagi eng yaxshi qo‘shiq tanlovini o‘tkazish to‘g‘risida topshiriq berdi.
Izoh (0)