Xitoyning Rossiya Federatsiyasi Primorsk o‘lkasi bilan chegaradosh Suyfenxe shahrida rossiyalik sayyohlar bo‘lgan avtobus yonib ketdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar beradi.
Yong‘in haqidagi ma’lumotni Primorsk o‘lkasi ma’muriyati ham tasdiqladi. Avtobus Suyfenxedan Rossiyaga qarab harakatlanayotgan bo‘lgan. Hodisa natijasida hech kim jabrlanmadi. Voqea tafsilotlarini aniqlashtirish uchun XXRga rasmiy so‘rov yuborildi.
Hodisa guvohlarining ma’lum qilishicha, XXR o‘t o‘chiruvchilari voqea joyiga o‘n daqiqadan so‘ng yetib kelgan, biroq olov avtobusni to‘liq vayron qilgan.
Izoh (0)