Shveysariyaning Sankt-Gallen kantonida 24 kishi joylashtirilgan qochoqlarni qabul qilish punkti yong‘in oqibatida vayron bo‘ldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar beradi.
Hodisa yuz berganda binoda 14 nafar muhojir bo‘lgan, ulardan hech biri jabrlanmagan.
Yong‘inga qarshi 70 nafar o‘t o‘chiruvchi kurashdi. Yong‘in o‘chog‘i ikki soatdan so‘ng bartaraf etildi.
Yong‘in sabablari hozircha noma’lum. Mahalliy hukumat hozircha hodisaga izoh bermadi.
Izoh (0)