Qirg‘izistonning Chuy viloyatida yuz bergan YTH natijasida 13 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan to‘rt nafar o‘smir halok bo‘ldi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Avtohalokat Chuy viloyatining Qizil-Askar qishlog‘ida 27-sentabr, yakshanba kuni To‘qmoq—Qizil-Askar avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan. Toyota Funcargo mashinasi ustunga urilgan. To‘rt kishi voqea joyida halok bo‘lgan, yana uch kishi turli darajadagi shikastlanishlar bilan shifoxonaga yetkazilgan.
Hodisa vaziyatlari o‘rganilmoqda. Qirg‘izistonda avtomobil boshqarish uchun haydovchilik guvohnomasi 18 yoshga yetganlarga beriladi.
Izoh (0)