Avstraliyaning Reynbou-Bich plyaji yaqinidagi kempingda futbol maydoni kattaligidagi ulkan girdob bir nechta chodir va avtomobillarni “yutib yubordi”. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar beradi.
“Butun plyaj g‘oyib bo‘layotgan edi, men arang mashinamni chetga olishga ulgurdim”, — deydi dam oluvchilardan biri.
Suvdagi girdob 26-sentabr, shanba kuni 23:00 atrofida paydo bo‘lgan. U tezlik bilan kengayib borgan, oz vaqt ichida avtomobil, yuk mashinasi, tirkama va bir nechta chodir loyqa suvda g‘oyib bo‘lgan.
“Suv bor-yo‘g‘i 10—15 metr masofada edi”, — deydi o‘zining chodirida uxlab yotgan va suvning shovullagan ovozidan uyg‘onib ketgan erkak.
https://www.youtube.com/watch?t=35&v=9SaBIKA3dNk
Izoh (0)