Chilida 6,5 magnitudali yer silkinishi sodir bo‘ldi. Bu haqda nemis Yer tadqiqotlari markazi ma’lumotlariga asoslanib, “Exo Moskvi” xabar bermoqda.
Zilzilaning epimarkazi Chili qirg‘oqlari markazidan janubdagi La-Serena shahrida joylashgan. Uning o‘chog‘i 18 km yer ostida joylashgan. Qurbonlar va vayronagarchilik haqda xabar berilmagan.
Eslatib o‘tamiz, 17-sentabrga o‘tar kechasi Chilida 8,3 magnitudali kuchli zilzila sodir bo‘lgan, buning oqibatida 13 kishi halok bo‘lib, yana olti kishi dom-daraksiz yo‘qolgani xabar berilgan edi.
Izoh (0)