2015-yilning 25-sentabr kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-York shahridagi shtab-kvartirasida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy saytida ma’lum qilindi.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston va BMT hamkorligining istiqbolli yo‘nalishlari, shuningdek, Bosh Assambleya 70-sessiyasining kun tartibidagi masalalar va 2016—2030-yillarda Barqaror rivojlanish maqsadlari haqida taqdim etilgan umumlashtirilgan hisobot loyihasiga O‘zbekiston tomonidan beriladigan takliflar muhokama qilindi.
Pan Gi Mun O‘zbekistonning Orol ekologik fojiasi oqibatlarini yengillashtirish yuzasidan harakatlarini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
Izoh (0)