25-sentabr, juma kuni tongida Xitoy mamlakat shimolida joylashgan Gansu provinsiyasidagi Szyusyuan kosmodromidan “Buyuk yurish-11” nomli yangi tashuvchi raketa uchirdi. Bu haqda Sinxua agentligi ma’lumotlariga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Parvoz mahalliy vaqt bilan 09:41 (Toshkent vaqti bilan 06:41)da amalga oshirildi. U fazoga sinab ko‘rish uchun mo‘ljallangan to‘rtta mikroyo‘ldosh olib chiqib ketgan.
Yangi raketaga Xitoy aviakosmik korporatsiyasi hamda Xitoy kosmik texnologiyalari akademiyasi hamkorligida ishlangan qattiq yoqilg‘ili dvigatel o‘rnatilgan.
Eslatib o‘tamiz, 20-sentabr, yakshanba kuni Xitoy samoga 20 ta mikroyo‘ldosh yuklangan “Buyuk yurish-6” raketasini muvaffaqiyatli uchirgan edi.
Izoh (0)